Telegram Stars sotib olish
Telegram Stars'ni Premium24 orqali Uzcard yoki Humo kartasi bilan so'mda olasiz. Bitta Stars 250 so'm, narx miqdorga qarab o'zgarmaydi: 100 Stars 25 000 so'm, 1 000 Stars 250 000 so'm. 50 tadan 10 000 tagacha istalgan miqdorni olish mumkin.
Yangilangan:
Telegram Stars narxi so'mda
| Miqdor | Narx |
|---|---|
| 50 Stars | 12 500 so'm |
| 100 Stars | 25 000 so'm |
| 250 Stars | 62 500 so'm |
| 500 Stars | 125 000 so'm |
| 1 000 Stars | 250 000 so'm |
| 2 500 Stars | 625 000 so'm |
| 5 000 Stars | 1 250 000 so'm |
| 10 000 Stars | 2 500 000 so'm |
Jadvaldagi miqdorlardan tashqari istalgan sonni olish mumkin, masalan 75 yoki 320 ta. Narxi: soni × 250 so'm.
Telegram Stars nimaga ishlatiladi?
- Kanallardagi pullik post va videolarni ochish.
- Botlar va Mini App'lardagi pullik xizmatlar.
- Do'stlarga Telegram sovg'alari yuborish.
- Postlarga pullik reaksiya qo'yib, muallifni qo'llab-quvvatlash.
- Pullik kanallarga oylik obuna.
Stars'ni Uzcard yoki Humo bilan qanday olaman?
- @premium24bot botini oching va Stars bo'limini tanlang.
- Miqdorni yozing va Stars kimga tushishi kerak bo'lsa, o'sha @username'ni kiriting.
- Bot ko'rsatgan summani 8 daqiqa ichida kartangizdan o'tkazing.
- To'lov tasdiqlangach Stars balansga avtomatik tushadi.
Fragment yoki ilova orqali olishdan farqi
Telegram ilovasida Stars App Store yoki Google Play orqali, ya'ni xalqaro karta bilan sotiladi. Fragment esa TON kripto talab qiladi. Premium24'da esa oddiy Uzcard yoki Humo karta va @username yetarli, narx so'mda.
Qisqacha ma'lumot
- Narx
- Bitta Stars 250 so'm
- Miqdor
- 50 tadan 10 000 tagacha, istalgan son
- To'lov
- Uzcard yoki Humo
- So'raladi
- Faqat Telegram @username
- Yetkazish
- Avtomatik, odatda bir necha daqiqada
- Kafolat
- Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi.
Savollar
Telegram Stars nima?
Telegram ichidagi pul. Ular bilan pullik postlar, bot va Mini App xizmatlari, sovg'alar, pullik reaksiyalar va kanal obunalari uchun to'lanadi.
Stars qancha turadi?
Premium24'da bittasi 250 so'm. 50 tasi 12 500, 500 tasi 125 000 so'm.
Ko'p olsam arzonroq bo'ladimi?
Yo'q, narx doim bir xil: bitta Stars 250 so'm. Shuning uchun hisoblash oson va kerakli miqdordan ortiq olish shart emas.
Stars'ni boshqa odamga yuborsa bo'ladimi?
Bo'ladi. Buyurtmada o'sha odamning @username'ini yozing, Stars uning balansiga tushadi.
Stars'ni pulga qaytarib almashsa bo'ladimi?
Oddiy foydalanuvchi sotib olgan Stars'ni pulga qaytara olmaydi. Pulga almashtirish faqat Stars ishlab topgan kanal va bot egalariga Fragment orqali ochiq.
Xarid Telegram botimizda
@premium24bot botini oching, kerakli narsani tanlang va Uzcard yoki Humo kartadan to'lang.