Premium24 haqida

Premium24 Telegram Premium va Stars'ni Uzcard yoki Humo kartasi bilan so'mda sotadigan mustaqil xizmat. Maqsadimiz oddiy: mahalliy kartasi bor har kim Premium va Stars'ni xavfsiz, tushunarli va firibgarlarsiz olishi.

Yangilangan:

Nega Premium24?

O'zbekistonda ko'pchilikda Uzcard yoki Humo karta bor, lekin Telegram Premium va Stars'ni Telegram'ning o'zidan olish uchun xalqaro karta yoki kripto kerak. Bu bo'shliqni firibgarlar ham ishlatadi: «arzon Premium» deb parol yoki SMS-kod so'rashadi. Biz buni boshqacha qilamiz: faqat @username so'raymiz, narxni ochiq yozamiz va har bir to'lovni buyurtmaga aniq bog'laymiz.

Qanday ishlaymiz?

  • Xarid faqat @premium24bot botida bo'ladi. Shaxsiy akkauntlardan yozib, taklif qilmaymiz.
  • Premium va Stars Telegram'ning rasmiy sovg'a funksiyasi orqali yuboriladi.
  • Pulni mijozning o'zi o'tkazadi, bizda uning kartasiga kirish yo'q.
  • Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi.

Nima emasmiz?

  • Telegram'ning rasmiy vakili yoki hamkori emasmiz.
  • Akkauntga kirish, parol yoki kod talab qiladigan xizmat emasmiz.
  • Obuna qilib, kartadan avtomatik pul yechadigan xizmat emasmiz.

Havolalar

Hujjatlar

Qisqacha ma'lumot

Kimmiz
Mustaqil xizmat, Telegram'ning rasmiy hamkori emas
Xizmat
Telegram Premium va Telegram Stars'ni so'mda sotish
Kimlar uchun
Uzcard yoki Humo kartasi bor har kim, O'zbekistonda ham, chet elda ham
To'lov
Uzcard yoki Humo, kartadan kartaga o'tkazma
Telegram Premium
3 oy: 187 000 so'm, 6 oy: 247 000 so'm, 12 oy: 447 000 so'm
Telegram Stars
Bittasi 250 so'm, 50 tadan 10 000 tagacha
So'raladigan ma'lumot
Faqat Telegram @username
Yetkazish
Avtomatik, odatda bir necha daqiqada
To'lov muddati
8 daqiqa
Kafolat
Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi.
Xarid
Telegram bot @premium24bot
Murojaat
@premium24_bot yordam markaziga yozing

Savollar

Premium24 Telegram'ning rasmiy hamkorimi?

Yo'q, mustaqil xizmat. Premium va Stars Telegram'ning o'z sovg'a funksiyasi orqali keladi, shuning uchun ular haqiqiy va Telegram ichida ko'rinadi.

Parol yoki SMS-kod kerakmi?

Yo'q, faqat @username kerak. Premium va Stars Telegram'ning sovg'a funksiyasi orqali yuboriladi, akkauntingizga hech kim kirmaydi. Parol yoki kod so'ragan odamga hech narsa bermang.

Yetkazilmasa nima bo'ladi?

Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi. Chek, summa, vaqt va @username bilan murojaat qiling.

Siz bilan qanday bog'lanish mumkin?

Savol yoki muammo bo'lsa, @premium24_bot yordam markaziga yozing.

Xarid Telegram botimizda

@premium24bot botini oching, kerakli narsani tanlang va Uzcard yoki Humo kartadan to'lang.

Botni ochish
Botda xarid qilish