Ko'p beriladigan savollar

Bu sahifada Premium24 orqali Telegram Premium va Stars sotib olish bo'yicha barcha savollarga javob bor: narx, Uzcard va Humo bilan to'lov, yetkazish vaqti, kafolat va xavfsizlik. Qisqasi: faqat @username kerak, to'lov so'mda, yetkazilmasa pul qaytariladi.

Yangilangan:

Qanday sotib olinadi?

Telegram Premium'ni Uzcard yoki Humo bilan qanday sotib olaman?

Telegram'da @premium24bot botini oching va 3, 6 yoki 12 oylik Premium'ni tanlang. @username'ni yozganingizdan keyin bot summani ko'rsatadi. Shu summani Uzcard yoki Humo kartangizdan o'tkazasiz, Premium esa avtomatik keladi.

Telegram Premium qancha turadi?

3 oy 187 000 so'm, 6 oy 247 000 so'm, 12 oy 447 000 so'm. Narx so'mda, valyuta kursiga bog'liq emas.

Telegram Stars qancha turadi?

Bitta Stars 250 so'm, miqdorga qarab o'zgarmaydi. Masalan, 100 Stars 25 000 so'm, 1 000 Stars 250 000 so'm.

Eng kamida nechta Stars olish mumkin?

50 ta, eng ko'pi 10 000 ta. Oraliqdagi istalgan sonni olish mumkin.

1 oylik Telegram Premium bormi?

Premium24'da yo'q: Premium sovg'a sifatida yuboriladi, Telegram esa sovg'a Premium'ni faqat 3, 6 va 12 oyga beradi. Oylik obunani faqat o'zingiz, o'z profilingizdan, ilova yoki @PremiumBot orqali va odatda chet el kartasi bilan olasiz. 1 oylik taklif qilib SMS-kod so'raydiganlarga ishonmang: ular akkauntingizga kiradi.

Premium'ni boshqa odamga sovg'a qilsa bo'ladimi?

Bo'ladi. Buyurtmada o'sha odamning @username'ini yozing. Premium unga Telegram'dan sovg'a bo'lib keladi, uning o'zi hech narsa to'lamaydi.

Qanday to'lanadi?

Nega to'lov summasi yaxlit emas?

Bir paytda bir xil narsani bir nechta odam olishi mumkin. Shuning uchun har bir buyurtmaga o'z summasi beriladi, masalan 187 000 emas, 186 900 so'm. Pul tushganda u aynan shu summa bo'yicha buyurtmangizga bog'lanadi. Summa narxdan oshmaydi, faqat uni yaxlitlamang.

To'lovga qancha vaqt beriladi?

8 daqiqa. Ulgurmasangiz, yangi buyurtma oching. Pulni kech o'tkazgan bo'lsangiz, chekni yuboring: to'lov yo'qolmaydi.

Payme, Click yoki Uzum orqali to'lasa bo'ladimi?

Bo'ladi. Ilovadagi kartadan kartaga o'tkazma bo'limidan foydalaning. Muhimi, kartaga aynan bot ko'rsatgan summa tushishi kerak.

Xalqaro karta yoki kripto kerakmi?

Yo'q. Oddiy Uzcard yoki Humo karta yetarli, to'lov so'mda.

Kartamdan keyin avtomatik pul yechiladimi?

Yo'q. Pulni o'zingiz o'tkazasiz, bizda kartangizga kirish yo'q. Sovg'a sifatida berilgan Premium ham avtomatik yangilanmaydi.

Qachon keladi va qanday kafolat bor?

Premium yoki Stars qancha vaqtda keladi?

Pul kelgani tasdiqlangach avtomatik yuboriladi, odatda bir necha daqiqada. Telegram'da bu haqda xabar chiqadi.

Yetkazilmasa nima bo'ladi?

Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi. Chek, summa, vaqt va @username bilan murojaat qiling.

Username'ni xato yozsam nima bo'ladi?

Premium yoki Stars o'sha akkauntga ketadi va uni qaytarib bo'lmaydi. To'lashdan oldin username'ni Telegram qidiruvida tekshiring.

Premium hali faol bo'lsa, ustiga yana olsa bo'ladimi?

Bo'ladi, lekin faol Premium ustiga yangisini avtomatik qo'shib bo'lmaydi. Yangi Premium joriysi tugagan kuni qo'lda yuboriladi. Premium qachon tugashini avtomatik bilib bo'lmaydi, shuning uchun to'lovdan keyin @premium24_bot yordam markaziga yozing va tugash sanasini ayting.

Xarid xavfsizmi?

Parol yoki SMS-kod kerakmi?

Yo'q, faqat @username kerak. Premium va Stars Telegram'ning sovg'a funksiyasi orqali yuboriladi, akkauntingizga hech kim kirmaydi. Parol yoki kod so'ragan odamga hech narsa bermang.

Premium24 Telegram'ning rasmiy hamkorimi?

Yo'q, mustaqil xizmat. Premium va Stars Telegram'ning o'z sovg'a funksiyasi orqali keladi, shuning uchun ular haqiqiy va Telegram ichida ko'rinadi.

Premium va Stars nima?

Telegram Stars nima uchun kerak?

Stars Telegram ichidagi pul. Ular bilan pullik postlar, botlar va Mini App'lar, sovg'alar, reaksiyalar va kanal obunalari uchun to'lanadi.

Telegram Premium nima beradi?

Limitlar ikki barobar oshadi, 4 GB gacha fayl yuborish, ovozli xabarni matnga aylantirish, chatlarni tarjima qilish, kanallarda reklamasiz o'qish, maxsus stikerlar va emoji status.

Premium tugasa nima bo'ladi?

Chatlar, fayllar va kanallar joyida qoladi. Faqat Premium funksiyalari yopiladi, istalgan payt yangisini olishingiz mumkin.

Qisqacha ma'lumot

To'lov
Uzcard yoki Humo, kartadan kartaga o'tkazma
Telegram Premium
3 oy: 187 000 so'm, 6 oy: 247 000 so'm, 12 oy: 447 000 so'm
Telegram Stars
Bittasi 250 so'm, 50 tadan 10 000 tagacha
So'raladigan ma'lumot
Faqat Telegram @username

Xarid Telegram botimizda

@premium24bot botini oching, kerakli narsani tanlang va Uzcard yoki Humo kartadan to'lang.

Botni ochish
Botda xarid qilish